Farzandim...
голосов: 2
Farzandim... смотреть онлайн Mayli menga ochilmasin quvonchlarning darchasi Mayli, hayot beraversin azoblarning barchasin. Tug‘ilishing umid bilan kutadurman — so‘ng so‘zim Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! O’tdi mana necha yilki, lekin sendan yo‘q darak Yo‘llaringaQ mushtoq ko‘zlar, dillarimiz mushtarak. Nechun bizni sen bunchalar qiynaydursan ey — falak Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Chorak asr kutdim seni chidab malomatlarga Yaqinlarning g‘iybatidan quloq kelar qomatga. Farzandim yo‘q shu sohada yetolmadim omadga Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Onang deydi: Qo‘ying meni, uylaning o‘zgasiga -Siz bosh egib yursangiz, men chiday olmayman bunga. Qachongacha yuradirsiz boshingizni egib, jim Yetmay umr tugasachi o‘sha baxtli kunlarga. Ovutishga urinaman erkalatib onangni Bas qil deyman, qo‘ygin deyman, aytma bunday so‘zingni. Alloh nasib qilar hali, yetarmiz shu kunlarga O’tirasan erkalatib shirin o‘g‘il qizingni. Turli mish-mish g‘iybatlarchi ters oqizar daryoni Ne ham derdim, asli, bir kam deydilar bu dunyoni. Farzand yo‘q-mi hech kelmaskan uqubatlar poyoni Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Otilsa ham chidaydurman tuhmatga, ta’na toshga Qaro ko‘zlar ko‘radilar neki kelsa bu boshga. Tomog‘imdan luqma o‘tmas, qo‘lim ham bormas ishga Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Bolam seni uzoq kutdim, nahot buni bilmasang Onang tinmay yig‘layverar, ko‘z yosh artib turmasang. Otang umri tugayapti, shunda ham sen kelmasang Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Zardoblarni yutib yashar, onang sho‘rlik zor yig‘lab Tunlar tongga ulangaydur yurak bag‘irni tig‘lab. Seni kutib yashayapmiz ertangi kunni o‘ylab Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Ko‘zimdagi qonli yoshim yuzlarimni yuvganda Yurakdagi hasratlarim quvonchlarni quvganda, Hatto ojiz raqibim ham bu holimdan kulganda Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Uzoq yillar seni kutib yoshga to‘ldi ko‘zlarim O’zgalarning oldida hech, aytolmadim so‘zlarim. Kutib umrim o‘tsa hamki bugun senga erishdim Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim! Sen tug‘ilding, hayotimga nuru ziyo kirganday Quvonaman huddi g‘arib, oltin topib olganday. Sensan mening zebu zarim, bir umrlik xazinam Boshimdagi toju taxtim, o‘zingdursan — farzandim! Otang yig‘lar quvonchidan, o‘z — o‘ziga sig‘masdan Onang yig‘lar na dunyoni, yon verini ko‘rmasdan Tug‘ilishing bir olam baxt buni o‘zing bilmassan Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim. Boshimdagi toju taxtim, o‘zingdursan — farzandim! SKACHAT "Farzandim..." смотреть онлайн в хорошем качествеЧтобы смотреть онлайн выберите один из плееров выше и дождитесь загрузки. Если же у Вас возникли проблемы с просмотром, то обратитесь к странице "помощь". Желаем Вам приятного просмотра. Поделитесь впечатлением о Farzandim... онлайн в социальных сетях.. |
|
Категория: Sherlar / Matinlar / Tekst | Добавил: (23.11.2024 в 19:14) | |
Просмотров: 1682 | Теги: |