Реклама
Поиск
Вход на сайт

Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi

Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi
голосов: 3




Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi смотреть онлайн

названиеKarina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi
ЖанрЮмор / Qiziqarli Videolar
Качество Оригинал 
Просмотров1971
рейтинг5.0 (3 голосов)

Bollivud olamida «Eng dangal aktrisa» mukofoti joriy etilganida edi, shubhasiz, bu yutuqni Karina Kapur Xon olgan bo'lardi. Vaholanki, kino sanoatida «Bebo» taxallusi bilan shuhrat qozongan aktrisa ochiq-oydin gapirishni yaxshi ko'radigan eng cho'rtkesar xonimlardan biri sanaladi. Bugungi maqolamizda buning isbotini keltirib o'tamiz.

 

«KAHO NAA PYAAR HAI» FILMI HAQIDA…

 

— Film aynan Ritik uchun yaratilgan. Otasi Rakesh Roshan o'g'lini har tomonlama mukammal ko'rsatish maqsadida uni kerak bo'lsa, 5 soatlab suratga olgan. Ammo ushbu filmda uning sevgan qizini o'ynagan aktrisa Amisha Patelga esa atigi 5 soniya ajratgan, xolos. Kartinani ko'rish mobaynida Amishaning ko'z ostidagi shishlarni hamda husnbuzarlarni bemalol ko'rish mumkin. U ishtirok etgan sahnalar juda ham sifatsiz chiqqan.

 

Ammo Ritik xuddi tushdagi shahzoda kabi namoyon bo'lgan. Agar filmda Amishaning o'rnida men bo'lganimda, u yaxshiroq chiqqan bo'lar edi. Chunki biz Ritik bilan juda chiroyli juftlikmiz. Biroq bir narsani aytishim kerakki, ushbu kartinada o'ynamaganimdan juda ham xursandman.

 

MUVAFFAQIYaTSIZLIKKA UChRAGAN

DEBYuT ROLIM

 

— Xo'sh, mening ishtirokimdagi filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan ekan, lekin nega Amishadan ko'ra ko'proq men haqimda gapirishyapti? Chunki menda qobiliyat bor. Men aniq bilamanki, rollarimni hech qachon unutishmaydi. Amisha Patelnikiga o'xshash omadli filmlarim bo'lishini xohlamayman. Tezda unutiladigan omadli filmlardan ko'ra, hamisha esga olinadigan omadsiz kartinalarda ishtirok etishni afzal bilaman.

 

«DEVDAS»

FILMIGA ChAQIRILMAGANDA…

 

Ma'lum bo'lishicha, kartinadagi bosh qahramon ayol Paro roli uchun sinov jarayonida Karina ishtirok etgan. Ammo Sanjay Lila Bxansali rolga Ayshrvariya Ray Bachchanni tasdiqlagan. Shundan so'ng mashhur nashrlardan biriga bergan intervyusida aktrisa shunday degan: «Sanjay Lila Bxansali — aravani quruq olib qochadigan ikkiyuzlamachi odam. Unda na hayotiy qoidalar va na o'z so'zining ustidan chiqish bor. Agar u keyinchalik ikkinchi Raj Kapur va men eng oxirgi aktrisa bo'lib qolgan taqdirimda ham u bilan ishlashga rozi bo'lmayman».

 

AYShVARIYa

RAY BAChChAN HAQIDA…

 

Karinadan «Qahramon ayol» kartinasidagi rolini Ayshvariya o'ynaganda film qanday chiqqan bo'lardi?» deya so'rashganda aktrisa «Men bilan Ayshvariyani solishtirish adolatli ish emas. Chunki biz boshqa-boshqa avlod aktrisalarimiz», deya javob bergan.

 

QOBILIYaTI

XUSUSIDA…

 

— Rejissyorlar mening qobiliyatimni va ustunliklarimni bilganligi uchun ham o'z filmlariga taklif etishadi. Madxuri Dikshitning birinchi omadli kartinasi kino olamiga kirib kelganidan to'qqiz yil o'tib sodir bo'lgan. Shridevining esa bitta ham kartinasi xit darajasiga ko'tarilmagan. Ammo shunga qaramasdan ular eng qobiliyatli aktrisalar qatorida turishadi. Men ham aynan ular kabiman.

 

«MILLIY MUKOFOT» HAQIDA…

 

— «Milliy mukofot»ni olishni istamayman! Chindan ham menga bunday sovrinlarning keragi yo'q. Men faqat tomoshabinlar kinoteatrlarga borishini va men ishtirok etgan filmlarni tomosha qilishini xohlayman. Shuning o'zi menga yetarli.

 

SALMON XON

TO'G'RISIDA…

 

— Men uning muxlisi emasman. U menga yoqmaydi. Aktyor sifatida esa unda hech qanday qobiliyat yo'q, deb hisoblayman. Salmon juda yomon aktyor. Men bu gaplarimni uning o'ziga ham aytganman!..

 

BIR KUN TONGDA VIDYa BALAN BO'LIB

UYG'ONSANGIZ…

 

— O'zimdan nafratlangan bo'lardim.


SKACHAT

"Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi" смотреть онлайн в хорошем качестве

Чтобы смотреть онлайн выберите один из плееров выше и дождитесь загрузки. Если же у Вас возникли проблемы с просмотром, то обратитесь к странице "помощь". Желаем Вам приятного просмотра. Поделитесь впечатлением о Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi онлайн в социальных сетях..
онлайн Karina Kapur Bollivudning eng cho'rtkesar xonimi
Смотреть фильмы онлайн бесплатно - НА ГЛАВНУЮ


Категория: Юмор / Qiziqarli Videolar | Добавил: (19.04.2024 в 07:48)
Просмотров: 1971 | Теги: Karina Kapur Bollivudning eng cho'r | Рейтинг: 5.0/3